Nursafardiyya emblem
Nursafardiyya ta’limoti
Информационный ресурс

Nursafardiyya ta’limoti

Nursafardiyya dinda ham emas, tariqatda ham emas, falsafada ham mavjud emas. U Iloh (Ul) nuriga, quvvatiga, moviyatiga intilishni va nihoyat Ulga vujudiy mukammallik darajasida erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan Olloh, Haq va Iloh ozuqasidan bahramand bo’lgan, vujudida ilohiyotni yaratib yo’qliqdagi borliqga singib ketadigan, odamiy sifatlarni ilohiyga aylantira oladigan insoniy hayot tarzidir. Nursafardiyya har qanday yo’nalishga ozuqa bo’la oladi.

Nursafardiyya ilohiyotni o’z kasbiga aylantirib, maxfiy ilmlar va ibodatlar saltanatiga kirib borayotgan borliqdagi yo’qliqdir.

La ilaha illalloh!

Nursafardiyya ta’limotining asosiy maqsadi Alloh tomonidan xoslar uchun maxsus jo’natilgan mukammallik bo’lmish so’fiylikni targ’ib qilish, insoniyatga ushbu darajaning mohiyatini, ilmini va amaliyotini ko’rsatib berish edi.

Albatta, har bir odam ushbu ta’limot bilan tanishar ekan, o’z darajasida ichki dunyosiga nazar tashlagan holda o’ziga lozim ilmlarni oladi va o’z hayotiy amaliyotida istar-istamas qo’llay boshlaydi.

So’fiylik Nursafardiyya ta’limotida bir mukammallik darajasi edi. U ham endilikda o’z g’oyalarini, ilmini va amallar tizimini rivojlantirish va ilohiyot jabhalarida javlon urishni maqsad qilib qo’ya boshladi. Nursafardiyya ta’limoti so’fiy avliyoyu-ambiyolar, donishmandu-olimlar, ajdod- avlodlar quvvatidan, ilmidan, zikriyotidan va amaliyotidan bahra oldi. Jamiyatda, oila, shaxs dunyosida muzokaralarga sabab bo’ldi. To’qnashuvlar ichida qolib, tanqid nishoniga aylandi va shu bilan birgalikda kuchli toblandi va insonlar qalbida quvvat, hayot tarzi sifatida joy oldi.

Endilikda Nursafardiyya o’z oldiga undan ham ulug’roq maqsadni, ya’ni ilohiyot darajasini zabt etishni, uni ommaga xabar sifatida etkazishni qo’ydi.

Ilohiyot maxfiy va o’ta yuqori darajadir. Koinotning oxiri yo’q kabi Iloh ilmining, amaliyotining tubi mavjud emas, lekin mukammallik darajasida Ulning yaratgan olamlariga, nuriga va tuganmas quvvatiga etishishning yo’li bor. Aynan ushbu maqsad Nursafardiyya yo’lidir.

Banda din e’tiqodida qullik darajasida bo’lsa, so’fiylikda Allohga do’st, maxfiyatdosh sifatida gavdalanadi. Ilohiylik olamida inson Yaratuvchi-Iloh uchun moviyatiy nur, ya’ni Ulning bo’shlig’idagi yorug’lik, borliq sifatida qabul qilinadi.

Inson bu darajada Ulning borlig’iga qo’shilib ketadi, o’zlik mohiyatini yo’qotadi, olamlar sayyohiga-jarchisiga aylanadi.

Ul quvvatidan, nuridan, haroratidan umrbod bahramand bo’lish omadiga erishadi. Odam ongi, ruhi bilan etib bo’lmaydigan olam-koinotiy maxfiyatlarga yo’qlikdagi borlig’i ila erishadi va Ulning ilohiy vujudida mavjudligini sezib turadi.

Endilikda Siz azizlarni ushbu ilohiyot olamda bo’la olishingiz uchun yangi “nursafardiyya.com” saytiga taklif etamiz. Vujudingizda ilohiy bo’shliqni paydo qilishingizda va uni Iloh quvvatiga to’ldirishingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.