Nursafardiyya emblem
Nursafardiyya ta’limoti
Информационный ресурс

Ilohiylik

Bari olamlar, sayyoramiz, jamiyat, shaxs, to’xtovsiz o’zgarishlar, to’siqlaru ilgarilanish jarayonida bo’lib turadi.

Yaratilish va abadiyatga yo’l olish, tom ma’noda 3 darajani bosib o’tadi. Bu jamiyatga va shaxsga ko’proq taalluqli bo’ladi.

Bular:

  • • Hayvoniy daraja-Borga yaqin,
  • • Axloqiy daraja- Ilmal yaqin,
  • • Ruhiy daraja- Aynal yaqin.

Er kurramiz, undagi borliq birinchi va ikkinchi darajalarni bosib o’tib uchinchi darajaga o’tish uchun harakat qilmoqda.

Birinchi daraja-ibtidoiy davr desak, ikkinchi daraja insoniyatning jamiyat, davlat, til, oila, din bo’lib shakllanishiga to’g’ri keldi. Texnik-texnologik rivojlanish uchinchi darajani, ya’ni tafakkuriy darajani bir oz to’xtatib qo’ydi va yo’nalishni o’zgartirib yubordi. Bu jarayon shaxsning mukammalligiga, to’g’rirog’i, Yaratuvchiga nisbatan yaqinlashuv darajasini to’xtata boshladi. Soxtalashuv odat tusiga kirib bormoqda.

Agar uch darajani shaxsga nisbatan solishtirsak. Hayvoniy daraja, bu nafs ilinjida yuruvchilardir.

Axloqiy daraja, bu din, to’g’ri jamiyat, to’g’ri hayot tarzi bilan bog’liqdir.

Ruhiy daraja, Alloh yo’lini izlash uchun mo’ljallangan, tafakkurni rivojlantirishga yo’naltirilgan maqsaddir. Bu tasavvuf, tariqat mansabidur.

Ming afsuski, ikkinchi va uchinchi darajalarni hozirlikda birinchi daraja to’xtatib o’z xizmatiga qo’ymoqda.

Ushbu saytning asosiy maqsadi mukammallik izlovchilarga, ilohiylik martabasiga etmoqchilarga vositachisiz o’z yo’llarini belgilab olishlariga yordam berish va Iloh, ilohiyot, ilohiylik-Haqqul yaqin darajalariga tushuncha berishdir. Inson tafakkuridagi ikkilanish, diniy tushkunlikka tushish, radikal qarashlarning paydo bo’lishi, yurmoqchi bo’lgan yo’lida chalkashliklarni echa olishi, ilohiy mukammallik tizimiga kira olishiga yordam qo’lini cho’zish ham nazarda tutilgan. Ya’ni to’rtinchi daraja bo’lmish ilohiylikka ko’tarilishidir.

Yuqorida qayd qilingan uchinchi darajada shaxsga tashqi muhit yordamga kelib unga maslahatlar, amaliyotlar, kitob ilmlari, dunyoviy ilhom vositachilik qila olsa, to’rtinchi darajadagi ilohiylikda shaxs yakkalanmaydi. U faqat o’ziga, o’zidagida va o’zidanligiga ishonch hosil qilgandan keyingina ilohiy ilhom, ilohiy mukammallik va ilohiy sayr, uchrashuv evazigagina o’z maqsadiga erisha oladi. Bu esa o’z ustida to’xtovsiz ishlash va mashaqqat talab etadi.

Nursafardiyya ta’limoti so’fiy avliyolar, ajdodu avlodlar quvvatidan, ilmlaridan va amaliyotlaridan bahra olib mukammal toblanib, mashaqqat bilan uchinchi bosqichdan o’tib, endi to’rtinchi, ya’ni ilohiy daraja yo’nalashida javlon urishga qaror qildi. Aniqrog’i, tasavvuf, tariqat, sufizm, ruhiy olam yo’lini ado etib, ilohiyot sari otlandi. Ilohiyot bu maxfiy darajadir. O’zlikni o’zda topa olish, Ilohni tanish uchun o’zlikda mukammal vujudni yaratib, Uning quvvatini moviyatga kirgizib, Uning bir zarrachasiga aylangan holda, U yaratgan olamlarda sayr qilish va abadiyat quchog’iga g’arq bo’lishdir.

Mukammalikda ilohiyotni, ilohiyotda mukamallikni, borliqda yo’qlikni, yo’qlikda borliqni izlovchilar uchun yo’llanma

Ilohiy olam darajasi va manzili sizni kutmoqda

Uning tanasi, vujudi, borlig’i, ruhi va ilohiyoti bir-biri bilan bog’langan holda ularning darajasi, etib berish manzili, mukammalligi insonning o’ziga, hatti-harakatiga, fahm-farosatiga, Yaratganga bo’lgan munosabatu-intilishiga bog’liqdir.

Inson ichidagi o’n sakkiz ming unsurning mavjudligi, 8 kilometrdan 12 kilometrgacha mijoz tizimining yaratishi, kundalik hayotida 300 dan 700 millilitrgacha yangi fiziologik qonning paydo bo’lishi va uning Iloh tomonidan yaratgan 8 vujudiy tanalarini oziqlantirishi, qonda siydik moddasining ko’payishi yoki kamayishi mijoziy (limfa) tizimlarining ijobiy yoki salbiy xabarlar bilan boyitishi va nihoyat hujayralarning boyitilib nihoyasiga etkazilishi va hokazo, bizga ma’lum bo’lmagan ichki va tashqi jarayonlar bari Tangri tomonidan insonning mukammallik darajasiga qarab boshqarilishini hisobga olsak, insonning dunyoda oddiy yoki baxtli, boy yoki mansabdor, yoki hukmdor, yoki uzoq umr yashab o’tishini o’zi bilmasligini anglab etsa bo’ladi.

Izoh -1

Birinchi. Bir insonning qobiliyatli yoki omadli bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi faktorlar mavjud:

  • 1) yo’g’on ichakdagi mikrofloraning boyitishi;
  • 2) qonda achigan siydikning kamayishi;
  • 3) qonga ta’sir ko’rsatuvchi mijoz (limfa) tizimidagi xabarning o’zgachaligi;
  • 4) qorataloqning yuqoridagi jarayonlarga ko’rsatilgan ta’sir doirasi;
  • 5) ruhiy darajadagi informatsiyaning noqolibligi.
  • 1) jismoniy – tananing suv tizimi bilan ishlaydigan;
  • 2) fiziologik – tananing qon tizimi bilan faollashgan;
  • 3) xabariy, ya’ni mijoziy tizimdagi informatsiya. Ayol kishilarda uning uzunligi 12 km., erkaklarda – 8 km. Shuning uchun o’g’il bolalarga mustaqil tizim 8 yoshdan, qiz bolalarga 12 yoshdan berilishi lozim;
  • 4) ruhiy – bu odamning hujayrasi bilan bog’liq.

Inson o’z hayoti davomida ushbu darajalardan o’tadi. 9 oydan 11 oygacha – ona qornida, 25 yoshgacha – qon darajasida, 80 yoshgacha – limfa va nihoyat 80 yoshdan keyin hujayra darajasida, ya’ni o’zga dunyoga tayyorlashnish davri.

  • 1) Iloh tomonidan berilgan taqdir;
  • 2) Ota-bobolardan o’tgan irsiy xabarlar;
  • 3) Kundalik hayotda yig’iladigan xabarlar.

Inson har biri bilan hisoblashishiga to’g’ri keladi, agar mukammal bo’laman desa, albatta.

Beshinchi. Hali insoniyat hech ham xayoliga keltirmayapti, qaysi davrda yashayotganini.

Bizgacha muz davri, tosh davri va hokazolar bo’lgan. Endi qaysi davr? Professor Zalmanov 20 asrlarda o’zining qaytarilmas, hali hech kishiga tushunarsiz asarlarida, 21 asr bu xabariy (informatsion) davr bo’lishini va inson organizmi limfa tizimi ya’ni 3-chi darajaga o’tishini aytib o’tgan.

Oltinchi. Tangri inson taqdirini bir muvozanat holida ushlab turishi uchun odam organizmida ijobiy va salbiy, yaxshilik va yomonlik, issiqlik va sovuqlik darajasini 50 foizga 50 foiz qilib qo’yganki, odam o’z darajasi va xulq-atvori bilan u yoki bu muvozanat tizimini tanlaydi va taqdir tizimdan chiqa boshlaydi. Iloh bildiradi: “Sizlarni past yoki yuqori darajada ko’rsam, yo’qlikka yo’naltiraman”. Yo’q bo’lishlik, demak boshqa joyda joy topishlik, demakdir. Ammo qaerda va qay holatda? Nima uchun foydali bo’lamiz va yoki foydasiz narsaga aylanadimi? Insoniyat o’z manfaati va nafsi yo’lida sarobni yaratadi va unga ishonib umrini va boshqalarning hayotlirini xazon qiladi. Ha, bu ham Iloh rejasiga kirgan. “Sizlarni erga o’g’it qilaman, hatto ruhlaringiz ham o’g’itga arziydi”. Ana sizga haqiqat! Odamlar u dunyoni orzu qilsalaru , Yaratgan ularga er yuzidagi yo’qlikni va’da qilsa. Yana bir tomondan, balkim, biz shunga arziymiz.

Bizga kimdir , ko’rmaganmiz, eshitmaganmiz, his qilmaganmiz, lekin er yuzini vatan qilib bergan va butun borliq sharoitini yaratib qo’ygan, umuman olganda , Yaratgan hozir o’zi kerakmi? Nima ham qilib berardi. O’zi 3 ta mashinam bo’lsa, nima 4 chisini berardimi?! Uni eslash, ibodat qilish davri o’tib ketayapti. Moddiy olam insoniyatni qamrab olmoqda va o’z domiga tortmoqda. Balkim, bu ham Tangrining rejasida bordir…

Ustozim aytardi “Hammani ham to’g’ri yo’lga qo’yib Ilohga intiltiraverma, o’zingga u erda joy qolmasligi mumkin, u dargoh ham cheklangan”.

Er yuzining yaralishi , odam zotining paydo bo’lishi va so’ngra undagi hayotni tartibga solish uchun Odam a. s va Havo momolarni falsafiy hayot ko’rishlari uchun yuborishi, keyinchalik ko’pxudolik davri va nihoyat o’ziga butunlay bo’ysindirish maqsadida din tizimlarini payg’ambarlar orqali yo’lga qo’yishi insoniyatning mukammallik tomon intilishiga belgi beradi. Xo’sh, nega endi insoniyat moddiy tizimini o’ziga ravo ko’rib, o’zining Yaratganini unuta boshladi.

Izoh -2

1) Alloh o’z kitobida aynan urg’uni o’zining yagonaligiga, tug’ilmaganiga, tug’masiga va tengi yo’qligiga ishora beradi. Balkim, biz bilmagan olamlarda yana Xudo bordir, degan shaytoniy fikr paydo bo’lishi mumkin…

2) Iloh yagona va tengi yo’q va hech narsaga ehtiyoji bo’lmasa “faqat menga ibodat qilingiz” deydi. Unga bizdan biz bilmagan narsa kerakdir, degan tushunarsiz savol tug’iladi.

Bu savolga, albatta, javobni ibodatda, fahm-farosatda bo’lsangizgina ola olasiz. Hammasini biz aytib qo’ysak, sizdagi mukammallikka intilish o’chishi mumkin.

Aslida bizning maqsadimiz boshqa.

Er yaratilganda uning yuzi suv bilan qoplangan bo’lgan. Biz ona qornidamiz, suvdamiz, suvdan quruqlikka chiqdik, er yam-yashillik bilan qoplandi, harakat keldi – qonimiz o’ynaydi. Yaxshilik va yomonlik o’rtasida kurash boshlanadi. Temirlar harakatga keldi. Tezlik, xabar tezligi oshadi – biz xabarlar dunyosidamiz. 3-chi davr boshlangandi. U qancha cho’ziladi noma’lum. Balkim, bu tezlikda tez tugar va biz 4-chi davr ruhiy yo’qolish davriga kelib qolarmiz.

Xo’sh bundan xulosa nima? Shunday kuzatib qolaverishimiz kerakmi yoki yangi ta’sir mexanizmini yaratish lozimmi?

Dinning rivojlanishi, uning jamiyat jabhalariga kirib borishi, uning bo’linib ketishi, qarama-qarshilikning kuchayishi, hatto din nafsida bir-birlarini halok qilishi, bir nojo’ya savolni tug’diradi. Din o’zi kerakmi yoki uning vazifasi bizning zamonda tugadimi?!

Induizm, Buddizm, Zen-buddizm, Lamoizm singari falsafiy dinlar o’z ilohiy kuchini yo’qota boshlab, bir va bir necha xalqning an’anaviy marosimiga aylanganday, hozirgi ilgarilangan dinlar bo’lmish Iudaizm, Xristianlik, Islom ham endilikda rasmiylashgan sari u siyosiy, sotsial va nafsiy tus olgan, o’zlarining Iloh tomonidan berilgan darajasini yo’qota boshlaydilar va ular shaxs manfaati, boylik, hududiy talashish, mavqei yo’lida tajovuziy mojarolarni keltirib o’z mavjidiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadilar. Ushbu dinlardan ularning bayrog’i ostida va o’zining past darajasi maqsadlari asosida Iloh kitobini o’zlaricha talqin qilib o’z manfatida qo’llay boshlaydilar va dinlar tarixiy dinlar kabi o’z hayotiga bolta uradilar.

Iloh aytadi: “Sizlar o’zlaringizga qulay dinni yaratib olasizlar va mening dinimdan chiqib ketasizlar”.

Izoh -3

Ilohiy kitobda odamzodga boshqa payg’ambarlar berilmasligi va davrlar o’tib Rosxunlarning dunyoda paydo bo’lishi va ular Iloh ilmini va yo’lini vositachilarsiz ko’rsatishlari haqida ma’lumotlar mavjud.

Xo’sh insoniyat nima qilsin? Erga o’g’it bo’lib ketaversinmi yoki boshqa yo’l ham bormi?!

Har qanday boshi berk ko’chadan chiqib ketish mumkin, hech bo’lmaganda orqaga qaytsa bo’ladi.

V.I.Lenin Qur’oni karimdan ustalarcha foydalangan holda undan uchta asosiy xulosani o’ziga ma’qul topgan.

  • 1)” O’qish, o’qish va yana o’qish” degan shiorni;
  • 2) Haqiqiy kompromis bo’lishlikni;
  • 3) Ikki qadam oldinga, bir qadam orqaga ta’limotini rivojlantirib er kurrasidagi davlatlarning yarmini sotsialistik tuzumga kirgizishga muvaffaq bo’lgan.

Bizning texnokratik davrimizda orqaga qaytish yo’q, faqat oldinga. Tarixiy satrlar, donishmandlik, fahm-farosat tizimlari faqat kitobning o’zini tarbiyalash uchun yozilmoqda.

Demak, biz fizik (jismoniy) oldinga intilmoqdamiz, boshqa jabhalarda biz orqaga tashlanmoqdamiz. Eng achinarlisi shuki, biz Ilohdan, ilohiyotdan uzoqlashmoqdamiz , o’zimizning umrimizni qisqartirgan holda, hayotimizni nafsiy intilishlarga, asossiz farog’atni yaratishga, sarobiy rejalarni tuzishga sarflayapmiz. Ha, kimdir bu yo’llarda ham qurbon bo’lishi, o’z hayotini yong’oq po’chog’iga aylantirishi kerakdir. Lekin shunga o’rganmagan inson ongi, nahotki, yaratganini sezmasa, unga qaytishini yoki umuman qaytmasdan erga “o’g’it” bo’lishini bilmasa.

Ustozim aytardi: “Agar bir odam o’zini o’ta katta tutsa, unga qaerdan chiqqanini va nimaning ustida o’tirganini eslatib qo’y, balkim, bir kun tushunib etar”.

Odam organizmidagi yo’g’on va to’g’ri ichakda har kuni 6 kg. dan 9 kg. chiqindi saqlanadi. U odamni gerdaytirib ushlab turadi…

Yana o’z maqsadimizga qaytamiz. Xo’sh, din kuchi pasaysa, inson yo’lini yo’qota boshlasa, qaysi mafkuralarga asoslanib yashamog’i, Iloh yo’lida yurmog’i lozim?

Zamon o’zgardi, deyishadi . Aslida zamon emas, biz, bizning hayot tarzimiz, atrofdagilar o’zgarmoqda, o’sha erimiz, o’sha quyosh, oy, yulduzlar va fasllar. Texnika va texnologiya mukamallik sari borgan holda bizning organizmimiz ham unga moslashib boraveradi. Ongimiz, qobiliyatimiz, qarashlarimiz o’zgacha, lekin ilohiy yo’lda bosgan qadamimiz etarli emas.

Izoh -5

Nima uchun dinda yurganlarning ayrimlari tajovuzkor, o’ta asossiz talabchan va Tangri ko’rsatgan yo’ldan chiqib ketish holatlari ko’p?

Bunga asosiy sabab shaxsning rivojlanish davrida din uning darajasidagi talabga javob bera olmasligidadir. Ular hammani musulmon qilaman deb harakat qiladilaru, o’zlaridan talab kam. O’zlari asl musulmonmi, tushunib etmaydilar. Aytganday, “mullaning aytganini qilginu, qilganini qilma” degan maqol bor.

Xulosa, inson mukammallikka intilishi lozim.

Odam tug’ilibdiki, dini, ilm olishi, o’rganishi bilan ovvora. Bog’cha, maktab, harbiy xizmat, institut va hokazo.

Nima uchun inson ilohiyot yo’lida ilm o’rganish bilan mashg’ul emas.

Din bu axloq, Tangrini tanish uchun boshlang’ich yo’l. Lekin bu bilan xulosa qilish murod-maqsad degani emas.

Izoh -6

Din so’zining asl o’qilishi “Dayn” deyiladi, ya’ni “qarz”. Dayni islam – “maxsus berilgan qarzdir”. “Maxsus” ligi va qanday “qarz” ekanligini o’ylab ko’rishimiz kerak. Bu ilm aslida dindorlarga havola…

Hali Islom dinida ochilmagan qirralar ko’p. Shu paytgacha inson va Olloh orasida tuziladigan shartnoma – ahd haqida yoki ibodatlardan bo’lmish to’rt oylik xurum to’g’risida axborotlar kam. Iloh bilan odam o’rtasidagi munosabatlarni oydinlantiruvchi va asl dinning paydo bo’lishi borasidagi axborotlar ustidan ishlash uchun ilohiy kitoblarning mohiyati bo’lmish maxfiy ilmlarni o’rganish vaqti keldi.

Din inson rivojini bir marra chegaraga olib boradi, keyinchi?…

Inson diniy marosimlardan keta boshlaydi va Ilohning quvvatini, uning vaslini ko’rmoq ehtiyojida bo’ladi. Buning uchun esa insondagi tafakkur doirasi yuqori bo’lishi talab qilinadi. Bular nima? Salbiy nafsdan voz kechish, ibodat tizimini o’zgartirish, ichki quvvatni kuchaytirish va zikr olamiga kirish. Mukammal tana, vujud va ruh insonni uning ijobiy amallari, ibodati va sadoqati asnosida ilohiyot tomon yo’llaydi. Inson to’g’ridan-to’g’ri Iloh quvvatidan, vaslidan bahramand bo’lish xislatiga ega bo’ladi. Uning borlig’i doimo jannatiy his-tuyg’ularga to’lib-toshib yuradi. Iloh bilan xabariy darajada muloqot tizimi o’rnatiladi. Iloh quvvatidan foydalangan holda insonlar ichida karomat ko’rsatadi, uning yaratish, amalga oshirish xislatlari daryo to’lqinidiy barq uradi. Ilohning ruxsati ila unga qo’shila oladi va Uning yaratgan olamlariga sayr qilish fursatlari paydo bo’ladi.

Insonga butun borliq uning qalbida, fikrida namoyon bo’la boshlaydi. O’zlikni yo’qotish Ilohning bir zarrachasida paydo bo’lish niyati uyg’onadi. Undagi 8 tana bir vaqtning o’zida faollashadi. Vujuddagi borliq organlar faoliyati Ilohga xabar etkazuvchi ikki, ya’ni ilohiy fikrlash va ilohiy hol tanalarini oziqlantirish bilan mashg’ul bo’la boshlaydilar. Inson vujuddidagi holatlar butunlay hol darajasiga etib boradi. Undan chiqayotgan ko’rinmas nurlar, ilohiyot quvvati atrofni sezdirmagan holda ijobiylashtiradi, salbiy unsurlardan tozalaydi. Uning atrofida Ilohning himoya tizimi yaratiladi. Yo’qlikdagi borliq, borliqdagi yo’qlik unga nasib etadi.

Butun koinotiy olam uni taniydi. Unga jannatu-jahannam begona bo’lib qoladi.

Sekinlik bilan inson Iloh mo’’jizasi bilan koinotiy voqealarga ta’sir doirasini kuchaytiradi. Mavhum darajada yashay oladi. Borliqni yo’qlikda, yo’qlikni borliqda yaratish qobiliyati beriladi. Ular boqiylikka aylanib, ilohiyot olamning doimiy a’zosi bo’lib qoladi.

Izoh -7

Toshni bosh yoribdi, desa ishonasizmi? Albatta, yo’q! Boshni toshga urishdan oldin bir maqsadni oldingizga qo’yishingiz lozim. Aynan biz ham oldimizga qo’ygan yuksak vazifa ushbu talqiniy masalaga amaliy yondoshishdir. Biz hech kimda hech nimani o’zgartirish, uning qarashlariga salbiy yoki ijobiy baho berish, sizlarning tanqidiy safsatalaringizni eshitishni xohlamaymiz. Darajangizning yuqori yoki pastligidan g’azabga kelishingiz, nafsiy olamingizga putur etkazish, boshsiz chavandoz bo’lib qolganingizga bizni aybor deb hisoblashingiz, umringizda biror bir insonning fikrini to’g’ri baholay olish qobiliyatingiz bo’lmaganidan, manmanlik, o’zboshimchalik yoki biror bir maxfiy tashkilotlar xizmatida bo’lib biz tomon tosh otishingiz uchun bu jabhani tanlamaganingiz ma’qul. Ehtiyot bo’lishlik donolik alomati!

Izoh -8

“Osmon qo’lingizda bo’lsa, ko’tarib turgan bo’lsangiz ustimga tashlab yuboring”. Yanchilib yo’q bo’lay, lekin men bilan siz ham, hamma yanchiladi.

Izoh -9

Shu vaqtgacha hech bir davlat, shohlik, din, falsafa butunlay er yuzida hukronlik qila olmagan va o’z davrini o’tab o’tib ketgan. Barqarorlik faqat inson va Iloh orasidagi munosabatda saqlanib qolishi mumkin.

Izoh -10

Ichimiz qancha turadi? Ichimizda, borlig’imizga nima kerak?! Tashqarimiz uchun hamma narsa qilamiz. Uyimizni, turar-o’tirar joylarimizni, kiyim-kechak va eb-ichishimizni yaxshilash, boyitish uchun harakat qilamiz, lekin ichki dunyomizni o’rganmaymiz. Unda bizga nisbatan qanday talablar mavjudligini o’ylab ham ko’rmaymiz. Tashqi dunyo biz uchun asosiy maqsad bo’lib qolgan. Lekin kuch-quvvat, ilhom, intilish, yaratish ichimizdan-ku! Tepadan keladigan xabarlar ham ichimizda saqlanib keyin amaliyotga aylanadi-ku! Iloh quvvati qaerda saqlanishini bilmasak, uni qanday qilib qabul qilamiz va ishlata olamiz?! Ilohni tepadan istaymiz, lekin bizning borlig’imiz uni topishga qodirmi?! Buni o’ylab ko’rmaymiz. O’zgani o’zingdan izla. O’zingda o’zliging mavjud. Osmonga ma’nosiz, tizimsiz qarab turishdan foyda yo’q. Mukammallik, o’zlikni o’zida topa olishlik, bu Iloh quvvatiga ega bo’lishlikdir. Ha, siz, balki o’zingizni, jismoniy ish qobiliyatingizni bila olarsiz. Lekin ruhiy, ilohiy darajani kim o’rgandi? Yoki o’g’it bo’lib ketaveramizmi? Osmon er bilan teng bo’la olmaganday, inson mukammalliksiz Ilohga erisha olmaydi.

Izoh -11

“Osilsang baland dorga osil” maqolining asosida ko’p, hali odamlar o’ylab ko’rmagan voqealar yotadi.

Aynan, jismoniy, axloqiy, ruhiy va ilohiy darajada, eng katta dor, bu ilohiyot doridir. Balkim, Iso payg’ambarni ham eng baland joydagi baland dorga osishga uringanlari bejiz emasdir…

Kechirimnoma

Sizlardan kattadan-katta iltimos bizni eshitib, o’rganib holimizni tushunasiz, degan umiddamiz. Bizning maqsadimiz hech kimni xafa qilish, pastga urish yoki darajasi etarli emasligini ko’rsatish emas. Biz hech kimga, ya’ni dinga, falsafaga, olimu ulamolarga dars berishni maqsad qilmaganmiz, faqat shunday ilm, daraja mavjudligini uqtirib o’tmoqchimiz, xolos. Albatta, ko’pchilik ushbu tizimni bilgan bilmagan holatda o’z ichidan o’tkazadi va fahmlay oladi, lekin ichki va tashqi nafs, jamiyatiy mas’uliyat, xizmatchilik ularni to’xtashga, qarshi bo’lishga majbur qiladi. Ilohiy darajadagi bilan kurashib bo’lmaydi. Ko’rqitmoqchi emasmiz, lekin Iloh ham payg’ambarlarga “ularga aytib qo’y” deganini eslatib o’tmoqchimiz. Yaxshisi betaraf qoling

Manmanligingiz, o’zboshimchaliligingiz, mansabingiz o’zingizga hadya, lekin tushuna olish, eshita olish, ixlos qila olish, bizning zamonimizda oltinu-olmosdan ham qimmat bo’lib ketgan.

O’zboshimchalik, bilag’onlik, aqldonlikni to’xtatish uchun Iloh yangi, yuqori bir darajani Sizlarga in’om etsin. U ulug’ va mavjuddir.

Izoh -12

Iso payg’ambar aytadi “Mening otamday mukammal bo’linglar”. Kimni nazarda tutayotgani bizga ma’lum, lekin qaysi mukammallik haqida so’z yuritgani, bizni o’yga soladi, to’xtovsiz o’z ustimizdan ishlashga, ruhiy barkamollikka erishishga va nihoyat Iloh diydori va quvvatidan baxramand bo’lishga undaydi.

Izoh -13

Bir kuni taksiga o’tirsam, haydovchi menga gap otdi:

– “Bilaman, siz “Qatron” mukammallik maktabidansiz. Kimni o’zi tayyorlaydi shu maskan” deb kulganday qilib qo’ydi.

– “Odamni…” deb javob berdim.

Haydovchi bir necha daqiqa jim turdida, menga boshqacha qarab kulib yubordi.

– “Qoyilman, hozir haqiqatdan odam zoti kamayib ketdi. Hamma kasblarni tayyorlaydigan joy ko’p, lekin odamni emas. Rahmat sizga menday gap bilarmon odamni mot qildingiz”.

Izoh -14

Hayvonlar nafsi inson unga bergan ozuqa bilan cheklanadi va ming intilmasin baribir ularni to’xtatish mumkin.

Insonlardagi dunyoviy nafs ham cheklangan. O’zidan ortiqchasini iste’mol qilolmaydi yoki mablag’i etmaydi, xastalanadi, qamaladi va nihoyat hayotdan ko’z yumadi.

Diniy, ruhiy nafs eng xavfli jarayon hisoblanadi, agar inson uning qamaliga tushsa. Ular ozuqa, dunyoviy nafsdan tashqari “ulug’” niyatlarni istab qoladilar. Davlat tepasida bo’lishlik, yakkahokimlik, barchani o’z “qonunlariga” ayovsiz bo’ysindirish, bir qolipga solishga intilish, o’zini, qolaversa payg’ambar, hatto Xudo deyishdan ham qaytmasligi ro’y beradi. Bu oliy nafsdir.

Er yuzidagi odam hayotining uchinchi, informatsion-axboriy davri o’tib bormoqda. Hali ham insoniyat boylik, hudud, din, falsafa, nafs, siyosat jabhalarida to’xtovsiz kelishmovchiliklar, janjallar, urushu-g’alayonlar sarobida hayot kechirmoqda va hali ham o’zining kimligini, nima uchun yashayotganini, asosiy marra qaerda va kimda tugashini o’ylab ko’rmayapti.

Izoh -15

Nima sababdan dunyoviy nafs kuchayib bormoqda? Bunga asosiy sabab inson tafakkurining susayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan nafs borasidagi musobaqalar global, davlatlar aro, jamiyatlar, oila va nihoyat shaxslar o’rtasida kuchaymoqda. “Men sendan kammanmi?” shiori odamlar ichki dunyosini buzish bilan bir qatorda “ko’rolmaslik” xislatlarining kuchayishi, bir-biriga nisbatan anti informatsion, ya’ni ba’d duolar orqali ta’sir qilish rusumga aylanmoqda. Bundan salbiy informatsiyalarning fazoda, atrofimizda ko’payishi inson organizmiga nafaqat yomon ta’sir ko’rsatadi, balkim jamiyat ravnaqi, oila baxti, shaxs kelajagining tomiriga bolta uradi.

Insonni bir til, bir falsafa, bir ilohiy vujudgina hamma notinchliklardan bartaraf etishga qodir. Bu Iloh borlig’iga, quvvatiga, nuriga intilib yashashdir. Insonning endi sarobda- illyuziyadan real-ochiq taffakurga chiqmasdan ilojisi yo’q.

Zamonamizda hamma narsa muhayyo, istalgan dunyoviy narsaga erishsa bo’ladi, lekin borgan sari uning sog’ligi, hayot-tarzi, baxti yomonlashib bormoqda. Pulga, boylikka umrni sotib olib bo’lmaydi, chunki umrning asosini boshqaruvchi inson emas va unga berilgan tana ichidagi vujudning egasi boshqa, boshqa erda kuzatib boshqarib turibdi. Bu mangulikni yaratuvchi, Egamlar egasi, Tangrilar tangrisi, Haq, Yaratuvchi-Ilohdir. Ko’zni, qalbni, vujud tafakkurini ochish payti keldi. Hech narsaga, hech kimga ishonmasligingiz mumkin, lekin Unga, Ilohga ishonishga, bo’ysunishga majbursiz, hatto o’zingiz bilmagan holda!

Tilimiz nimani so’ylashdan qat’iy nazar,nafsimiz istaklari shaytondan bo’lsa ham baribir erni, osmonni, borliqni boshqara olmaysiz. Sababi, Usiz, Ilohsiz, siz hech kim emassiz. Hatto,oilada, xotinu erlaringizga, bolayu nabiralaringizga ham so’zingiz o’tmaydi. O’tsa ham vaqtincha bo’ladi. Sizning bu dunyodan ko’z yumganingiz bilan, Siz tezda unutilasiz, saltanatingiz vayron bo’ladi. Aynan siz Ilohni tanimaganingiz uchun er yuzida buzg’unchilikni yaratib ketasiz va uning oqibatida boshqalarni ham sarobga kirgizasiz.

Endi shular haqida chuqurroq mulohaza qilamiz.

Iloh dargohida vujudingizni yarating va uni quvvatlashtiring.

Biz o’g’il-qiz bolalarni bir umid bilan voyaga etkazamiz. Kelajakda bir yaxshi inson bo’lib, avvalambor vatanga, xalqga, oilaga xizmat qilsin, qolaversa bizga qariganimizda nafi tegib, tez-tez holimizdan xabar olib tursin, degan niyatlarda dunyoga keltiramiz. Albatta, ochig’ini aytish kerak, bizda ularga nisbatan rejamiz, nafsimiz ko’zda tutiladi.

Xo’sh, endi, kengroq ma’noda fikrlab ko’raylik. Iloh bizni yaratdi, barcha sharoitlarni qilib ko’ydi. Biz bu dunyoning o’zida jannatda yashay boshladik. Barcha nafsimiz to’ymoqda.

Lekin U uchun nima qilayapmiz? U yaratgan narsalarga nima bilan javob berishimiz kerak?! Bolangiz sizga yordam qo’lini cho’zmasa, sizni unutsa, nimalar qilmaysiz… Biz esa Uni faqat tilda, yolg’on dilda eslaymiz, lekin amaliyot yo’q… … Qolaversa, ishonmay ham qo’yaveramiz.

Ayrimlar, jannatni shu dunyoda yaratdik-ku, Iloh qanaqa jannat qilib berish mumkin?!, deyishdan ham qaytmaydi.

Ustozlarim aytishar edi. “Zamonlar kelib olgan bepul narsalarga ham to’lashingga to’g’ri keladi, shuning uchun doim qarzsiz yurgin”.

Biz Unga qarzimizni qachon va qay usulda to’laymiz. Nahotki, U shuncha narsalarni engil berib qo’yadi-da, bizdan hech narsani talab qilmasa…?!

Aslo bunday emas. Faqat ilohiyot darajasida bu masalalarning fahmiga etish mumkin…!

Buning sababi odam darajasining pasayishi, ularni tushuna olmasligi va ulardan nafsiy foyda ololmasligidadir.

Xo’sh, unda nima qilish kerak? Shu bilan Iloh unutilib yoki faqat tilimizda shior sifatida ishlatib qolaveradimi ?!

Ilohiy kitoblarning payg’ambarlarga berishi insonni ma’lum bir darajaga ko’tarish maqsadida amalga oshirildi. Bunday tafakkur darajasida, ilohiyot mavjudligiga ishonch hosil qilish ko’zda tutiladi. Lekin shuni aytib o’tish joizki, ilohiy kitoblar borliqdagi barcha ilmu-ummoni , maxfiyatni aks ettirmaydi. Ular faqat yo’nalish va ichki ishonchni hosil qilish uchun mo’ljallangan va axloqiy tamoillarni o’rnatishda asos bo’la oladi.

Informatsion-axboriy zamonda ilmli bo’lish hali hech narsani anglatmaydi, chunki u hujayra darajasida emas.

Xo’sh, inson ilohiy kitoblardan tashqari ilohiy xabarlar mavjudligini bilmasa, nima qilishi kerak?

E’tibor bering, komp’yuter orqali shu erda turib Frantsiyadagi xabarni bir zumda olishga qodirmiz. Demak, ushbu axborot ko’rinmasada, sezilmasada u mavjud.

Demak, ilohiy xabar ham atrofimizda bor va u doimiy bizning fahmlab uni qabul qilishimizni kutmoqda.

Nima kerak?! Mukammallik, inson vujudidagi mukammallik!

Inson efir bo’shlig’ida komp’yuter singari xabarni qabul qilib, unga ishlov berib, amaliyotga aylantira olish qobiliyatni yaratishi kerak.

Buning uchun inson ilohiy ilhom darajasiga ko’tarilishi lozim. Shundagina shaxs Ilohdan to’g’ridan-to’g’ri haqiqiy, vositachisiz axborotga ega bo’la oladi.

Aynan Iloh bizdan shu jarayonni, darajani talab qilayotir. Biz esa, hali tug’ilmagan navaramizga uy qurayapmiz, boylik bo’yinturug’iga ilinib yashayapmiz, chunki bizning darajamiz, bizning taqdirimiz shu va uni o’zimiz o’z qo’llarimiz bilan yaratmoqdamiz.

Oxirgi paytlarda “ilohiy” iborasini ishlatish rusum bo’lib bormoqda. “Ilohiy musiqa”, “ilohiy tafakkur”, “ilohiy asar” kabi so’zlar quloqqa nojo’ya eshitiladi. Iloh ma’nosini bilmasdan ushbu daraja haqida gapirish umuman to’g’ri emas. Alloh inson vujudida ilohiy tizimni yaratib qo’ymagan. U tayyor holda mavjud emas. Unga inson mukammallik yo’lida uzoq davrlar mashaqqat chekish orqali erishib, o’z vujudi ichida yana bir vujud, ya’ni ilohiy vujud yaratishning evaziga erishish mumkin.

Hali insoniyat ilohiyot jarayoniga etib kelmagan.

U ruhiy olam, ruhiy holat darajasida hukm surmoqda.

Ilohiy axborotni, darajani insoniyat Ilohdan kelayotgan ilohiy quvvatni qabul qila oladigan vujudni yarata olsagina ilohiy asar, musiqaga ega bo’ladi. Aslida bunday ixtirolar lozim ham bo’lmaydi.

Izoh -16

Kuniga mening qabuliga 100 dan ortiq davolanuvchi kiradi. Endilikda ular orasida qiziq tushuncha paydo bo’lgan.

“Men Allohga ishonaman, lekin dinda emasman. Uni qalbim bilan sezaman va U bilan suhbat quraman” deganlar.

Bu qanday holat? Inson tafakkuri darajasi yuqorilandimi yoki vositachilardan charchadimi? Menimcha ikkalasiga ham asos bor deb hisoblayman.

Evropada din yaxshilik, to’g’ri hayot tarzi bilan almashtirilmoqda. Hech qanday din jamiyatda qabul qilinmaydigan holga aylanib bormoqda. Hatto zamonaviy lug’atlardan “God” so’zi olib tashlanmoqda.

Ming afsuski, odamzod tashqi mukammallikka berilib ketmoqda. Ilm saviyasi faqat nafsiy, ya’ni foyda keltiruvchi tizimga kirib bormoqda. Donishmandlikka, ilohiyotga intilish o’chmoqda. Odam zoti robot mexanizmiga aylanishi muqarrar dalolatga yo’rilmoqda. Albatta, bu uzoq vaqt davom etuvchi voqea emas. Hammasi o’zgaradi…

Jamiyatimizdagi tinchlik va farovonlik nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqni ta’minlashi, balkim jamiyat miqiyosida tafakkurning, shaxsning Ilohdan oladigan ilhomi va quvvati uchun ma’qul sharoit yaratilmoqda. Faqat qorinni to’ydirish bilan aql, qalb, moviy tanani rozi qilib bo’lmaydi, chunki ularga boshqa ozuqa lozim bo’ladi. Bunday ozuqani shaxs fahm-farosati, tafakkuri orqali izlab topishi kerak. To’ygan qorin bir kundan keyin baribir och qoladi, lekin ozuqaga to’ygan tafakkur o’zgarmaydi va olamni boshqara oladi.

Uzoq vaqt o’zlarini profilaktika qiluvchilar va davolanuvchilar menga savollar berishadi: 41 yillik tabiblik davringizda bir marta ham o’zingizni jarnomada reklama qilmadingiz, buning sababi nimada?

— Bunga bir necha sabablar bor. Birinchidan, eng yaxshi reklama, bu tuzalib ketgan bemordir. Undan kuchli jarnomachi topilmaydi. Ikkinchidan, reklamasiz ham davolanuvchilarning keti uzilmaydi va talab qiluvchilar soni faqat ko’payib bormoqda. Uchinchidan, tabobat tizimini reklama qilish, unchalik yaxshi ish emas, chunki tasodifiy insonlar, ya’ni ixlossizlar kelib qolishlari mumkin.

— Aytingchi, reklama yo’qligidan Sizga asosan og’ir, ko’p joylardan qaytgan, umidsizlikka tushgan, hatto o’lim to’shagida yotganlarni olib kelishadi. Sizning darajangizda, bizga ma’lumki, kim yashab, kim esa vafot etishini aniq bilasiz, lekin siz hech kimni qaytarmaysiz. Bunda bir jo’nlik bormi?

— Bilasizmi, 41 yil ichida 10 mln.dan ortiq odamlarni qabul qildim va bir hodisa mening fikrimni o’zgartirib yuborgan. Hali yosh edim, bir juda og’ir bemorni olib kelishdi. Uni ko’rib darrov xulosa qildimki, hayot berilmagan, hatto ular mening oldimdan chiqib ketganlarida yozgan tashxisimni yirtib tashladim. Ko’zlarimga ishonmas edim, 3 oydan so’ng o’sha bemor o’z oyog’i bilan kirib kelib rahmatnoma aytib ketgandan keyin tushundimki, men ham hech kim emas ekanman, hammasini Olloh hal qilar ekan.

Bundan tashqari, har qanday inson u dunyoga ketishdan avval moviy tanani tozalab, poklanib ketmog’i lozim. Aynan shu vazifani o’zim bajarishga harakat qilaman, chunki hali u dunyoda hayot davom etishi muqarrardir.

Qolaversa, insonning bir kunlik umrini cho’za olish katta bir ishdir. Xasta shu davr ichida Ilohni eslaydi, o’tgan hayotini qolipga solib ko’radi, xatolarini tushunadi, tavba qiladi va yaqinlariga foydali maslahatlar berib ketadi.

— 41 yillik faoliyatingizda jamiyatdan, odamlardan yordam so’rab ulardan foyda ko’rganmisiz?

— To’g’risi, nolishni, yordam so’rashni yoqtirmayman, chunki odamlarning o’zi yordamga muhtoj.

— Yana bir, uncha yaxshi bo’lmasa ham bir savol bersak. Nima uchun 2007 yildan 2014 yilgacha Sizni matbuot, davlat organlari ta’qib ostiga olib ushbu davrda 10 marta sudlashdi, bir marta qamashdi, lekin siz tomondan ularga nisbatan yomon xulosa qilmadingiz va kichik tarzda bo’lsada o’z faoliyatingizni davom ettiraverdingiz?

— Gapirsam gap ko’p, lekin undan foyda kam. Hamma narsaga sababchi, Ivlevadagi men tomondan sotib olingan bog’chadir. O’sha davrdagi “zo’ravonlar” uni tortib olish maqsadida meni ayblashda hududi, maqsadi, vaji qolmadi. Maqsadiga erishishdi, lekin u “qizga” ham bog’cha taqdir qilmadi. Xulosa qildik, shuning uchun ular “boshqa” borliqdagi yo’qlikka yo’l oldilar.

— Mana endi davr o’zgardi. Balkim, endi niyatlaringiz amalga oshar, yangi prezident, katta o’zgarishlar qilishayapti. Balkim…

— To’g’risi, mening yoshimda katta planlar, niyatlar qilish to’g’ri emas. Undan tashqari, mening darajamda biror narsani so’rash, ilohiy tuyg’ulardan uzoqlashish, deb o’ylayman. Hamma o’ziga omon bo’lsin! Menga yordam beruvchi zot ma’lum…

Ertalab tursak, quyosh charaqlab turgan bo’lsa, demak dunyo hali yashayapti. Biz nafas olayotganimizni sezsak, demak biz hali yashayapmiz. Bu qanday baxt ekanligini anglab etish, Ilohga shukronalar aytish bizning darajamizga va tafakkurimizga bog’liqdir. Yaratuvchi-Ilohga intiling, mukamallik Sizni kutmoqda. Ijobiy amallar, ibodat, ilohiy zikr Sizlarning hamrohingiz bo’lsin!

Ilohiyot maskaniga, ilohiyot olamiga xush kelibsiz!

Maxfiy ilm, ibodat va ilohiy olamni tilab qoluvchi,
Nuru Nursafardiy.
La ilaha illalloh!